TDSHUda “FENTECH INNOVATSIYALARINING ZAMONAVIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 11-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutida “FENTECH INNOVATSIYALARINING ZAMONAVIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida fentech texnologiyalarining global rivojlanishdagi o‘rni, raqamli iqtisodiyotning yangi tendensiyalari hamda innovatsion yechimlarning amaliy qo‘llanishiga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruzalar tinglandi.
Universitetimiz talabalaridan tashqari, quyidagi ma’ruzachilar ham o‘zining ilmiy qarashlari va tahliliy mulohazalarini taqdim etdilar:
-Doktor Israfil Boyacı — Istanbul Tiijorat universiti, Turkiya.
-Mustafoyev Akbar — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti.
-Muradullayeva Guli — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti.
Seminar yakunida maruzachilarga sertifikatlar topshirildi.





