TDSHUda ASPS 10-xalqaro anjumani doirasida kitoblar taqdimoti o’tkazildi
TDSHUda bo’lib o’tayotgan Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish assosiatsiyasi (ASPS) 10-xalqaro anjumani doirasida 2023-2025-yillar davomida xalqaro miqyosda nashr etilgan sohaga oid 30 ga yaqin kitobning taqdimoti o’tkazildi.
Kitob taqdimotlari «Fors she’riyati va san’ati», «Xuroson va Markaziy Osiyo asrlar davomida», «Chegaralar osha adabiyot», «Islomning dastlabki asrlari», «Forsiy dunyoda madaniy almashinuv», «Chegaralar osha tarix», «Zamonaviy Eron madaniyati va siyosatining shakllanishi» kabi sho’balarda bo’lib o’tdi. Taqdimotlar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Yangi kitoblar taqdimoti qizg’in ilmiy bahs va muhokamlarga sabab bo’lib, konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.


















