Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish assosiatsiyasining (ASPS) 10-xalqaro anjumani

13.08.2025, 12:09 Yangiliklar 1363

TDSHUda bo’lib o’tayotgan Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish assosiatsiyasining (ASPS) 10-xalqaro anjumanida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan yuzlab olim va tadqiqotchilar fors dunyosi tarixi, tili, adabiyoti, san’ati, falsafasi va madaniyati kabi keng mavzularda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida ko‘plab tematik sessiyalar davra suhbatlari, kitob taqdimotlari va madaniy dasturlar tashkil etiladi. Anjuman ishtirokchilari o‘z ilmiy ishlari natijalarini taqdim etish, yangi g‘oyalar almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.