TDSHUda Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish assosiatsiyasining (ASPS) 10-xalqaro anjumani o’z ishini boshladi
2025-yil 12–16-avgust kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish assosiatsiyasining (ASPS) 10-xalqaro anjumani o’z ishini boshladi.
Xalqaro anjuman ochilish marosimi TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda ASPS prezidenti Mirjam Künklerning qutlov nutqlari bilan boshlandi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar varizi o’rinbosari Otabek Mahkamov ishtirok etdi.
Anjuman Forsiyzabon jamiyatlarni o‘rganish assotsiatsiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbir doirasida ko‘plab tematik sessiyalar davra suhbatlari, kitob taqdimotlari va madaniy dasturlar tashkil etiladi. Anjuman ishtirokchilari o‘z ilmiy ishlari natijalarini taqdim etish, yangi g‘oyalar almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


















