TDSHUda «Generative AI. Amaliyot natijalari maqola yozishda sun’iy intellektning roli» mavzusida seminar-trening o’tkazildi
2025-yil 27-noyabr kuni Xorijiy tillarni o‘qitish ilmiy-metodik markazi tomonidan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zMU Ingliz tilshunosligi kafedrasi mudiri, professor Jamila Jumabayeva ilmiy maqolalar va ilmiy ishlarni shakllantirishda sun’iy intellektning o‘rni haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, TDSHU Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi dotsenti Nargiza Ismatullayeva dissertatsiya va avtoreferatni rasmiylashtirish qoidalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Seminar davomida ishtirokchilar uchun foydali metodik tavsiyalar berildi va ilmiy faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.



