Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tadbir bo’lib o’tdi

21.01.2025, 15:17 Yangiliklar 206

2025-yil 21-yanvar kuni TDSHUda Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur davra suhbatida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi, mayor M. Isroilov, Mirobod tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh. Mirzayev hamda Mirobod tuman IIO FMB Tergov bo‘limi boshlig‘i A. Turg‘unov ishtirok etdi.

241A69836

Uchrashuv yoshlar orasida giyohvand moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir sifatida tashkil etildi.

241A69837

Tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy mas’uliyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

241A69833

Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish va fuqarolik mas’uliyatini his qilishning muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

241A69835