Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Zakovat va Munozara intellektual o‘yinlari hamda kitob taqdimoti o’tkazildi

29.11.2025, 18:21 Yangiliklar 190

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya doirasida «Zakovat» va «Munozara» intellektual o‘yinlari hamda kitob taqdimoti muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbirga bir qator oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, yoshlar orasida ilmiy tafakkur, muloqot madaniyati hamda ijtimoiy masalalarga tanqidiy yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirildi.

Konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Munozara” va “Zakovat” intellektual o‘yinlarida Toshkent davlat yuridik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi jami 10 ta oliy ta’lim muassasasining jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa ishtirokchilari ilmiy-tahliliy fikrlash, dalillash, muloqot va debat madaniyatini yuqori darajada namoyish etdilar. Yoshlar o‘z fikrlarini aniq va asosli tarzda bayon etish, turli ijtimoiy va madaniy muammolarga yangicha yondashuvlar taklif qilish orqali munozara madaniyatini amalda ko‘rsatishdi.

Konferentsiyaning yana bir e’tiborga molik jihati — “Sharqshunos tahlilchilar” jamoasi tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan Tim Marshallning «Geografiya mahkumlari» asarining taqdimoti bo‘ldi. Kitob ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot jarayonida kitobning muhim g‘oyalari muhokama qilindi va undagi dolzarb masalalar — chegaralar, resurslar, milliy manfaatlar va xalqaro hamkorlik kabilar atroflicha muhokama qilindi.