Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Ibrat Farzandlari” markazi tashkil etiladi

15.11.2025, 14:43 Yangiliklar 330

2025-yil 15-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga “Ibrat Farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev boshchiligidagi vakillar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida universitetimizda innovatsion yondashuv asosida ta’lim jarayonini rivojlantirish, xususan AI (sun’iy intellekt) texnologiyalari orqali til o‘rgatish tizimlarini joriy etish, talabalar uchun samarali trening va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, universitet qoshida “Ibrat Farzandlari” markazini ochish, o‘zbek tilini xorijliklarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratish borasida kelishuvlarga erishildi.