Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Ilmga baxshida umr” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi

26.09.2025, 16:35 Yangiliklar 441

2025-yil 26-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Uch avlod uchrashuvi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Ne’matulla Ibrohimov ishtirokida “Ilmga baxshida umr” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitet hovlisida daraxt ekish marosimi bilan boshlandi. So‘ngra TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva kirish so‘zi bilan chiqish qildi. Ne’matulla Ibrohimovning hayoti va ilmiy faoliyati haqida qisqacha tanishtiruv roligi namoyish etildi.

Universitet professor-o‘qituvchilari – filologiya fanlari doktori Qosimjon Sodiqov, filologiya fanlari doktori Ra’no Xodjayeva, filologiya fanlari nomzodi Jumali Shabanov tabrik so‘zlari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, TDSHU “Sanduvoch” to‘garagi a’zolari tomonidan “O‘zbegim” (E.Vohidov) va “Kema” (A.Navoiy g‘azaliga E.Vohidov muxammasi) qo’shig‘i ijro etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida ilmga mehr uyg‘otish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.