Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Iqtidorli va ijodkor talabalar taqdirlandi

23.05.2025, 11:00 Yangiliklar 302

Universitetdagi o‘quv jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda xalqaro anjumanlarda namuna bo‘layotgan, Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi doirasida faol, ijodkor talabalarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Qudratulla Omonov o‘quv yilini sarhisob qilar ekan, oliy maktab talabalari tomonidan salmoqli natijalar qayd etilgani, qator tarjima kitoblari nashr etilganini ta’kidladi. O‘z navbatida ana shunday intiluvchan talabalarning ota-onalariga ham alohida minnatdorlik bildirildi.

Tadbirda “Sharqdan xabarlar” elektron gazetasi jamoatchi muxbirlari, jurnalistika, gid hamrohligi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, kompyuter lingvistikasi ta’lim yo‘nalishidagi faol talabalar taqdirlanadi hamda ularga diplom, esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.