TDSHU da “Jahon adabiyoti” tahririyati ijodiy jamoasi
20- may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Jahon adabiyoti” tahririyati ijodiy jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tahririyatning bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev hamda jurnal ijodiy jamoasi a’zolari ishtirok etdilar. Suhbat davomida hozirgi adabiy jarayonlar, jahon adabiyotining sara asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish borasidagi yutuq va kamchiliklar, yoshlar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Ijodiy uchrashuv ko’tarinki ruhda o’tdi. Tadbir so’ngida universitet va tahririyat o’rtasida ijodiy maydon vazifasini bajaruvchi davra suhbatlarini tashkil etish bo’yicha takliflar ham bildirildi.