TDSHUda «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi oʻtkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida
- 50 dan ziyod davlat tashkilotlar, jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Yoshlar ishlar agentligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Turizm qo‘mitasi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ‘‘Milliy tiklanish’’demokratik partiyasi Markaziy kengashi, O‘zbekiston ‘‘Adolat’’sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Uzbekistan Airways, O‘zmilliybank AJ, “Yoshlar ovozi”, gazetasi tahririyati, Toshkent shahar bandlikka ko‘maklashish markazi, Shayxontohur tumani, Sergili tumani, Yunusobod tuman maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari;
- 50 dan ortiq xususiy, qo‘shma korxonalar, jumladan: ‘‘Bering Servis kompaniyasi’’, ‘‘IT-PARK Uzbekistan’’, ‘‘TEXNOPARK’’ MCHJ, ‘‘ZIYARAH-TRAVEL’’ MCHJ, KOICA, “Akela Group Machinery” kompaniyasi, Ziraat bank, TIKA tashkiloti, “Shayana Farm” MCHJ, Target Biznes va IT maktabi, “Nokhost transport solution” kompaniyasi, “HOTEL PRO” MCHJ, “ASIA LUX TRAVEL” MCHJ, O‘zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi, Hotel Asia Tashkent MCHJ
va boshqa davlat, nodavlat tashkilotlari, xususiy sektor vakillari o‘zlarida mavjud 300 dan ortiq ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda bitiruvchilar hamda ish beruvchi hamkor tashkilotlar o‘rtasida suhbatlar tashkil qilinib, bitiruvchi kurs talabalari bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. E’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari uchun 600 dan ortiq bitiruvchi kurs talabalari murojaat qilib, o‘z ma’lumotnomalarini tashkilot va muassasalar vakillariga topshirishdi.
Umumiy olganda, 2025 yilda universitetni jami 1346 nafar sharqshunos-kadrlar, jumladan, bakalavr bosqichini 1209 nafar va magistratura mutaxassisliklarini 137 nafar bitiruvchi tamomlaydi.
Bugungi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida
Bakalavriat kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari:
- Filologiya va tillarni o‘qitish (arab, fors, urdu, hind, pashtu, dariy, malay, turk, koreys, xitoy, yapon tillari) 315 nafar;
- Mumtoz filologiyasi (arab, fors) 24 nafar;
- Gid hamrohligi va tarjimashunoslik faoliyati (yapon, indonez, hind tillari) 28 nafar;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti (xitoy, fors tillari) 18 nafar;
- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 29 nafar;
- Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (koreys, xitoy tillari) 28 nafar;
- Tarix yo‘nalishidan 93 nafar;
- Sharq falsafasi va madaniyati yo‘nalishidan 33 nafar;
- Siyosatshunoslik 106 nafar;
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo‘nalishidan 44 nafar;
- Turizm (arab, yapon) 66 nafar bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Magistratura mutaxassisliklaridan:
- Adabiyotshunoslik 6 nafar; Lingvistika 29 nafar, Mumtoz filologiya 3 nafar, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik 5 nafar, Sinxron tarjima 7 nafar bitiruvchi, Tarix 19 nafar, Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 10 nafar, Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati 26 nafar, Sharq falsafasi va madaniyati 6 nafar, Tasavvuf germenevtikasi 3 nafar, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik 7 nafar bitiruvchi, Tashqi iqtisodiy faoliyat 9 nafar bitiruvchi, Turizm 7 nafar bitiruvchilar ishtirok etishdi.











