Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Kasbga tayyorlash Yaponiya-O‘zbekiston xalqaro markazi”ni tashkil etish bo‘yicha Yamagata universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

30.10.2025, 13:09 Yangiliklar 424

Samarqandda o’tkazilgan Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Kasbga tayyorlash Yaponiya-O‘zbekiston xalqaro markazi”ni tashkil etish bo‘yicha Yamagata universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik asosidagi markaz yapon tilini o‘rganayotgan talaba va mutaxassislarni Yaponiyada ishlashga tayyorlash, Yaponiyaning xalqaro ilg‘or tajribasi asosida tadbirkorlik va biznes kompetensiyalarini rivojlantirish va O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasidagi akademik hamda amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.