Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan seminar o’tkazildi

10.09.2025, 16:25 Yangiliklar 326

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tomonidan yaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”sida oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun maxsus bepul kurslar shakllantirilgan. (https://virtual.proacademy.uz/courses/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-maxsus-oquv-kursi/) Mazkur kurslarda yil yakuniga qadar 500 ming nafar yoshni o‘qitish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan fakultet dekanlari, institut direktorlari va o ‘rinbosarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Tadbirda joriy yil yakuniga qadar tegishli grafik asosida universitetning barcha talabalarini virtual akademiyada o‘qitish rejasi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.