TDSHUda Konfutsiy institutining yangi direktori bilan uchrashuv
2022-yil 6-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy institutining Xitoy tomonidan yangi tayinlangan direktori, hamkor Lanchjou universiteti professori Yang Shihu TDSHU rahbariyati bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda 2022-yilda Konfutsiy institutida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
TDSHU Matbuot xizmati