Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Koreyaning “Visang Education Inc.” kompaniyasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

06.02.2026, 16:23 Yangiliklar 183

2026-yil 6-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining yirik ta’lim kompaniyalaridan biri — “Visang Education Inc.” bosh direktori Chjungil Ro boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida koreys tilini o‘qitishga mo‘ljallangan “AllviA Connect Learning (ACL)” onlayn platformasining (AI) taqdimoti o‘tkazildi, platformaning funksional imkoniyatlari, o‘quv-metodik afzalliklari hamda uni universitet ta’lim jarayoniga joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi. Shuningdek, koreys tili ta’limi sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.