Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Leyden universiteti professori ishtirokida online ma’ruzasi o’tkazildi

22.12.2025, 11:08 Yangiliklar 68

#SDG4

2025- yilda 22-dekabr Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi tashabbusi bilan Leyden universiteti professori Duglas L. Bergerning «Xitoy falsafasiga kirish: yangilangan tarixiy yondashuv” mavzusida ochiq online ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

Ma’ruzada doktorantlar, Sharq falsafasi va madaniyati magistratura mutaxassisligi magistrantlari, falsafa ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruzada tinglovchilar Xitoy falsafasiga doir zamonaviy va yangicha yondashuvlar bilan tanishdilar.

Ma’lumot uchun: Duglas L. Berger 2017-yildan buyon Leyden universiteti global va qiyosiy falsafa instituti  professori sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u Leyden universiteti huzuridagi Madaniyatlararo falsafa markazi direktori hisoblanadi.