Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU magistranti “Manas Sangam” ning 56-yillik anjumanida ishtirok etdi

22.12.2024, 16:09 Yangiliklar 287

2024-yil 22-dekabr kuni Hindistonning Uttar Pradesh shtati Kanpur shahrida “Manas Sangam” ning 56-yillik anjumani boʻlib oʻtdi. Ushbu anjuman har yili hindiy tilida ijod qiluvchi ijodkorlarni taqdirlash va ularning ijod namunalarini jurnalda chop qilib, ijodlarini yanada rag’batlantirish hamda hindiy tili targ’ibotini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil qilinadi. Anjumanda ayni paytda Agra Kendriya Hindi Sansthanda stajirovka oʻtayotgan TDShU, Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi 2-magistranti Nodira Saidnazarova ham ishtirok etib, hindiy tili, Hindiston madaniyati hamda kelajakdagi hindiy tili bilan bogʻliq maqsadlari va hindiy tilida yozilgan she’rlari bilan maʼruza qildi. Shuningdek, “Hindustan” gazetasining 23-dekabr kungi sonida magistrantimizning ham intervyusi nashr qilindi.
Batafsil:

photo_2024-12-25_15-23-39
www.livehindustan.com