Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

10.12.2024, 14:27 Yangiliklar 260

#ma’rifat_ulashib_loyihasi

2024-yilning 10-dekabr kuni navbatdagi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga taniqli ijodkorlar – Faxriddin Hayit, Farogʻat Xudoyqulova va Bobur Hamroyev tashrif buyurdi.

241A20001

“Ma’rifat ulashib” loyihasi talaba-yoshlarni kitobxonlik mutolaasiga jalb qilish, badiiy tafakkurini o’stirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

241A20002

Ushbu uchrashuv talaba-yoshlar uchun ma’naviy boylik va ijodiy ilhom manbai bo‘ldi.

241A20003

Ijodkorlar talabalarga yozuvchilik san’ati, badiiy asar yaratish jarayoni haqida qimmatli ma’lumotlar ulashib, o’z she’riy namunalaridan o’qib berdilar. Tadbirda universitetning ijodkor talabalari ham she’riy mashqlari va tarjimalarini bo’lishib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga taniqli ijodkorlardan javob oldilar.

241A20004

Shuningdek, mehmonlar talabalarga kitobxonlikni oshirish va ijodiy loyihalarda ishtirok etish orqali bilim va ma’naviyatni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

241A20005

Uchrashuv davomida universitet hovlisiga “Yashil makon” dasturi doirasida daraxt ko‘chatlari ham ekildi.

241A20006

241A2004

241A2030

241A2010

241A2043

241A2110

241A2122