TDSHUda mashhur hind aktyori va rejissyori Raj Kapur tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi
2024-yil 17-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida mashhur hind aktyori va rejissyori Raj Kapur tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Hindistonning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Smita Pant, taniqli rejissor Umesh Mehra va sharqshunos olimlar, hind kino san’ati tadqiqotchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar Raj Kapurning ijodi, uning hind kinosi va jahon madaniyatidagi o‘rni, shuningdek, o‘zbek-hind madaniy aloqalarini mustahkamlashdagi roli haqida so‘z yuritdilar.
Konferensiya doirasida Raj Kapurning kino san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Raj Kapur ijodi xalqlar do‘stligi va madaniy merosni boyitishda muhim omil sifatida qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.