Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Mening konstitutsiyam” shiori ostida amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi

29.06.2022, 13:37 Yangiliklar 1585

Har bir O’zbekistonlik mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi qanday o’zgarishlar siyosiy islohotlar uning xayotiga qay tarzda ta’sir ko’rsatishini, Yangi O’zbekiston qanday qurilishini, mamlakat kelajagi uchun ularning ma’suliyatini ko’ra olishi muhim ahamiyatga ega. shu munosabat bilan konstitutsiyaviy o’zgarishlar to’g’risida aholini har tomonlama xabardor qilish va turli qatlamlarni ushbu jarayonlarga jalb etish dolzarbligidan  kelib chiqib “Yuksalish” umummilliy harakati Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda hududlarda “Mening konstitutsiyam” shiori ostida jamoatchilik muhokamalari maydonlarini tashkil etmoqda. Manashunday uchrashuvlardan biri 29- iyun kuni Toshkent davlat sharqshunsolik universitetida tashkil etildi. Uchrashuvda “Yuksalish” umummilliy harakati Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi mutasaddi rahbarlari hamda universitet jamoasi va talabalari ishtirok etdi. Yeg’ilganlarga konstitutsiyaga kiritilishi va o’zgartirilishi taklif qilingan qonunlar ham o’qib eshittirilib yeg’ilganlardan  takliflar eshitildi. Qizg’in ochiqlik ruhida muhokamalarga boy o’tgan uchrashuvda berilgan savol va takliflarga mehmonlar tomonidan javoblar berib o’tildi.IMG_8776

IMG_8730

IMG_8758

IMG_8760

IMG_8770

IMG_8779