TDSHUda «Miss fakultet» tanlovi o’tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug‘ining Kalendar rejaning 38-bandi ijrosini ta’minlash hamda talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 14-dekabr kuni universitetning asosiy binosida «Miss fakultet» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda talabalar o‘zlarining chiqishlari bilan tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.


