Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Nafosat va ma’rifat timsoli – qizlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

11.10.2025, 13:34 Yangiliklar 385

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan 2025-yil 11-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Nafosat va ma’rifat timsoli – qizlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Hindistonning O’zbekistondagi favqulodda muxtor elchisi, faol ayol rahbarlar, universitet professor-o’qituvchilari va talaba-qizlar ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ta’lim olishi, ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish masalalari haqida so’z yuritildi. Shuningdek, talaba-qizlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yosh avlodni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tib, qizlarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.