TDSHUda noiqtisodiy yo‘nalish talabalari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha trening o‘tkazildi
Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 10-1030-son topshirig’i ijrosi yuzasidan 2025-yil 25-aprel kuni universitetda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan noiqtisodiy yo’nalishdagi tahsil olayotgan talabalarning moliyaviy savodxonligni oshirish bo’yicha o’quv treningi o’tkazildi.
O’quv treningi davomida talabalar o’z moliyaviy bilimlarini oshirish bilan bir qatorda kundalik hayotda uchrashi mumkin bo’lgan shaxsiy moliya va uni to’g’ri boshqarish, moliyaviy maqsad, moliyaviy firibgarlik kabi tushunchalar hamda muommoli vaziyatlarni oldini olish bo’yicha biriktirilgan mutaxassislardan yetarlicha ma’lumot olishdi.








