TDSHUda “Notiqlik san’ati” tanlovi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik oliy maktabi tomonidan “Notiqlik san’ati” tanlovi muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning birinchi saralash bosqichida 53 nafar ishtirokchi o‘z video roliklari bilan qatnashib, ulardan 12 nafar eng munosiblari keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Mazkur 12 nafar nomzoddan 10 nafari Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida faoliyat yuritayotgan koreyalik ustozlar tomonidan saralab olindi. Qolgan 2 nafar ishtirokchi esa Koreyashunoslik oliy maktabining rasmiy Telegram kanali — @Koreyashunoslikoliymaktabi orqali o‘tkazilgan ovoz berish natijasida aniqlandi.
Tanlovning yakuniy bosqichida 12 nafar nomzod besh xil mavzu doirasida o‘z nutqlari bilan chiqish qildi. Ishtirokchilarning notiqlik mahorati, fikrni ravon va mantiqiy ifodalash qobiliyati hamda sahna madaniyati hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Tanlov g‘oliblari:
1. Abduraxmonova Fotima — 150만 원 (150 million von)
2. Ibrohimova Ozoda — 90만 원 (90 million von)
3. Murtozaqulova Rayxona — 60만 원 (60 million von)
G‘oliblarga Koreyaning Shinhan Banki, Unico Logistics hamda Yon Foundation kompaniyasi tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.















