TDSHUda oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF–117-son Farmoni mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
Farmon, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat xizmatchilarining odilona ishlashlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash shuningdek, amalga oshirilayotgan faoliyatlarda adolatni taʼminlash uchun muhim qadam hisoblanadi. Seminar davomida farmon mazmuni, uning amaliyotda tadbiq qilinishi bilan bog’liq jarayonlar muhokama qilindi.

