Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Ogahiy ijodiy merosining o‘rganilishi va badiiy tarjima masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan IX Tarjimashunoslar xalqaro forumi

18.12.2025, 09:56 Yangiliklar 272

2025-yil 17-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy ijodiy merosining o‘rganilishi va badiiy tarjima masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan IX Tarjimashunoslar xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodirjon Xolbo’tayev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari G’ayrat Majid, Yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi Salim Ashur ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Ogahiy ijodiy merosining ilmiy o‘rganilishi, badiiy tarjimaning dolzarb muammolari, tarjimashunoslikda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va tajriba almashildi.

Forum tarjimashunoslik sohasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, milliy va jahon adabiy merosini tarjima orqali targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Forum so’nggida Ogahiy ko’krak nishoni ham berildi.