TDSHUda oliy ta’limda ayollarni qo‘llab-quvvatlash mavzusida ochiq munozara bo‘lib o‘tdi
2025-yil 29-aprel kuni TDSHUda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida «Oliy ta’lim muassalarida turmushga chiqqan talabalar va talaba onalar uchun qulay sharoitlar yaratishning dolzarb vazifalari» mavzusida munozara klubining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Unda TDSHU Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Shirin Zaynuddinova ekspert sifatida ishtirok etdi.
Sessiyada Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, ona bo‘lish va oilaviy hayotni bir vaqtning o‘zida olib borayotgan talabalar duch kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy himoyasi, ta’lim jarayonida duch keladigan to‘siqlarni kamaytirish, masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Munozara klubi sessiyasi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanib, ushbu yo‘nalishdagi tashkiliy va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.



