TDSHUda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” hamda “Sport – salomatlik garovi” shiorlari ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.
Tadbirda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoa ruhini mustahkamlash hamda kasaba uyushmasining jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan tashabbuslar alohida ta’kidlandi.















