Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda O‘zbekiston–Malayziya Yoshlar Festivali bo‘lib o‘tdi

29.11.2025, 17:09 Yangiliklar 156

2025-yil 29-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston–Malayziya YOSHLAR FESTIVALI” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tuah bin Illias ishtirok etdi.

Dastur davomida TDSHU talabalarining badiiy chiqishlari, Malayziya milliy raqslari, qo‘shiqlari, o‘zbek va malay tillaridagi ijodiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, Malay tili bo‘yicha onlayn fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta oʻqituvchisi, PhD Nasiba Abduganiyeva tomonidan Malaysiyaning “Sulton Idris” universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar va Siberjaya shahridagi Seri Puteri maktabi o‘quvchilariga “Malay va o‘zbek xalq ertaklarining o‘xshash va farqli jihatlari” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi.

Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi oʻqituvchisi, Mahliyo Ochilova tomonidan Malayziyaning “Sulton Idris” universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar va Siberjaya shahridagi Seri Puteri maktabi o‘quvchilariga “Oʻzbek milliy bayramlari” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi

Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi malay yili o’qituvchisi Toshpulatova Zarnigor tomonidan Malaysiyaning “Sulton Idris” universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar va Siberjaya shahridagi Seri Puteri maktabi o‘quvchilariga “Malayziya va Uzbekiston madaniyati: o’xshash va farqli jihatlar” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi

Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi malay yili o’qituvchisi Muxtarova Munisa tomonidan Malayziyaning “Sulton Idris” universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar va Siberjaya shahridagi Seri Puteri maktabi o‘quvchilariga “O’zbek milliy qadriyatlari va taomlari” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi