Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “O‘zbekiston–Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

08.11.2025, 13:17 Yangiliklar 489

2025-yil 8-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston–Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Xitoy – Markaziy Osiyo: davlatlararo almashinuv va hamkorlik bo‘yicha xalqaro forum” bo‘lib o‘tdi. Tadbir YUNESKO hamda TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti hamkorligida tashkil etildi.

Forum davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalar, o‘zaro hamkorlik istiqbollari, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi integratsion jarayonlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunlarining xitoy tiliga tarjima qilingan kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ilmiy va madaniy sohalarda qo‘shma loyihalar salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.