TDSHUda O’zbekiston-Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi ochildi
2022-yil 24-yanvar kuni O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzurida O’zbekiston- Xitoy ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Shu bilan birga, mazkur tadbirda TDSHU xitoyshunoslari tomonidan universitetda o’zbek xitoyshunosligida amalga oshirilgan ishlar taqdimotlari o’tkazildi.
Onlayn va oflayn tarzda bo’lib o’tgan mazkur marosimda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev hamda elchixona vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Axborot-tahliliy markazi direktori Doniyor Qurbonov, O‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markaz direktori Qobuljon Sobirov, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti direktori Yang Shihu, universitet rahbariyati va xitoyshunos mutaxassislari ishtirok etdi.
TDSHUda o’tgan davr mobaynida xitoyshunoslik sohasida amalga oshirilgan ishlar mehmonlar tomonidan yuqori baholanib, yangi tashkil etilgan markaz oldida turgan istiqboldagi rejalarni bajarilishida o’z ko’maklarini berishlari ta’kidlab o’tildi.
TDSHU Matbuot xizmati