TDSHUda “O‘zbekistonda faol va sport turizmi: holati, muammolari, istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
#Turizm
Ayni vaqtda TDSHU da O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda faol va sport turizmi: holati, muammolari, istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirni Turizm qo’mitasi raisi o’rinbosari Sardor Niyazov, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Yelena Golisheva va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Durbek Sayfullayev tabrik nutqi bilan ochib berdilar.
Shuningdek, turizm sohasi bo‘yicha mutaxassislar, olimlar va talaba yoshlar ishtirok etdilar. Davra suhbatida faol va sport turizmini rivojlantirishda mavjud imkoniyatlar, dolzarb masalalar va kelgusidagi istiqbollar haqida fikr almashdilar. Tadbir davomida sohani takomillashtirishga doir bir qator masalalar haqida so’z yuritildi.
Mazkur davra suhbati turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish va bu boradagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.