TDSHUda “POSTPANDEMIYA SHAROITIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT: MUAMMO VA YECHIMLAR (XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASI)” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2021-yil 4-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakulteti, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedrasi tomonidan “POSTPANDEMIYA SHAROITIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT: MUAMMO VA YECHIMLAR (XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASI)” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada xorijiy va Respublika OTMlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy hodimlar, soha yo‘nalishi tashkilotlarining mutaxassislari, xorijlik olimlar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlardagi ma’ruzalarni o‘z ichiga olgan:
-Pandemiya davrida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari;
-Pandemiya va undan keyingi davrda milliy xo‘jaliklar tashqi savdo aloqalarining zamonaviy shakllarini rivojlantirish istiqbollari;
-Covid-19 pandemiyasining mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishiga ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
-Pandemiya sharoitida xalqaro turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari.
TDSHU Matbuot xizmati