Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Qadding va qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

20.10.2025, 15:46 Yangiliklar 222

2025-yil 20-oktabr kuni TDSHUda “Qadding va qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinganligining navbatdagi yilligiga bag‘ishlandi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda tilshunos olimlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ona tilining milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni, til siyosatining ahamiyati va davlat tili maqomini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tiliga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom she’riy chiqishlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari orqali ifoda etildi.

Shuningdek, tadbirda «Ommaviy diktant”, “Til – madaniyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar, ilmiy ommabop maqolalar va devoriy gazetalar tanlovlari g‘oliblarini Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Gulbahor Qulmatova taqdirladi.

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga ona tilimizni asrab-avaylash va uni yanada rivojlantirish yo‘lida faol bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.