TDSHUda «Qalqon bor — qal’a but, qo‘rg‘on — salomat!» nomli tadbir bo’lib o’tdi
2024-yil 15-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Qalqon bor — qal’a but, qo‘rg‘on — salomat!» nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirga O’zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligining harbiy orkestri tashrif buyurib, harbiy vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Shuningdek, bayram tadbiri doirasida universitetning harbiy kafedrasida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining jangovor chiqishlari bilan ishtirok etdilar.











