TDSHUda qo‘shma ta’lim uchun 2025-2026-o‘quv yiliga qabul davom etadi
DIQQAT DIQQAT DIQQAT!
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qo‘shma ta’lim uchun2025-2026-o‘quv yiliga qabul davom etadi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasi Keimyung universitetining
60230100 FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: KOREYS TILI
60410100 IQTISODIYOT: KOREYS TILI ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma dasturda o‘qib, har ikkala oliy ta’lim muassasasining diplomlariga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat!
O‘QISH MUDDATI 4 YIL:
- 2 YIL – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (ta’lim tili -o‘zbek tili)
- 2 YIL – Keimyung universiteti (ta’lim tili – koreys tili)
BITIRUVCHILARGA HAR IKKALA UNIVERSITETNING
DIPLOMLARI BERILADI
Dars mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasi Keimyung universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Ta’lim jarayoni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidа to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Koreya Respublikasi Keimyung universitetida ham to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi..
- TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA O‘QISH SHARTLARI
- Bir yillik to‘lov-shartnoma miqdori 22.000.000 so‘m
- 2 yil davomida Toshkent davlat sharqshunoslik unversitetida talaba koreys tilini bilish bo‘yicha 3TOPIK darajasini egallashi uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratiladi va shu 3TOPIK darajasi bilan Koreya Respublikasi Keimyung universitetida 3-4-bosqichlarda ta’limni davom ettirish uchun o‘qishga tavsiya etiladi. Agarda talaba 3 TOPIK darajasi ololmasa Koreya Respublikasi Keimyung universitetida o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmaydi. Agar talaba 4TOPIK, 5TOPIK va 6TOPIK darajasiga ega bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan 50, 70 va 100% grant bilan o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.
- Birinchi kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘lov-shartnomada ko‘satilgan summani avvaldan to‘liq amalga oshirilishi lozim.
KEIMYUNG UNIVERSITETIDA O‘QISH SHARTLARI
- Ikki yil davomida ta’lim olish, sog‘lik sug‘urtasi, yotoqxona va kundalik turmush bilan bog‘liq sarf-harajatlar o‘zlarining hisobларidan amalga oshiriladi.
- Talabalar Keimyung universitetida o‘qish davrida faqat Koreyaga borish kelish aviachiptalari harajatlarini o‘zlarining hisoblaridan amalga oshiriladi.
- Keimyung universitetida uchinchi kursni yakunlagan talabalar uchun kontrakt to‘lovi miqdori ularning koreys tilini bilish darajasiga qarab moslashtiriladi. Shuningdek, har bir semestr yakunidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab kontrakt summasida o‘zgarishlar amalga oshirilishi mumkin.
- O‘qish jarayonida talabalar uchun mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni istagan abituriyentlar
4.08.2025y. dan 2.09.2025y.gacha o‘zlarining quyidagi hujjatlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga topshirishlari mumkin:
- Pasport(yashash joyi haqidagi ma’lumot yozilgan sahifasi bilan) yoki ID kartaning skaner nusxasi
- O‘rta maktab, litsey yoki kollejni tugatganligi haqidagi hujjatning(attestat yoki diplom) skaner nusxasi
- Koreys tilini bilish haqidagi sertifikatning skaner nusxasi (agar bo‘lsa)
- Davlat test markazining abiturient tegishli ta’lim yo‘nalishiga test sinovlari topshirib jamlagan ballari ko‘rsatilgan javob varaqasi skaner nusxasi.
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar vazirlik va idoralarda, diplomatik xizmat sohalarida, umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladilar.
KVOTA
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 71 233 34 28
Qo‘shma dasturga mas’ul – 97 700 91 42