TDSHUda QS va THE xalqaro ta’lim reytinglari bilan ishlashga doir seminar
2022-yilning 8-yanvar kuni TDSHU Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “TDSHUning QS va THE xalqaro ta’lim reytinglaridagi ishtiroki” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida mazkur reyting agentliklari bilan ishlash talablari muhokama qilindi. Ushbu seminar joriy yilning 6-yanvar kuni Sharq sivilizatsiyasi va tarix hamda Koreyashunoslik fakultetlari uchun ham bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur turkum seminarlar universitetning boshqa fakultetlari uchun ham davom ettirilishi mo‘ljallangan.
TDSHU Matbuot xizmati