TDSHUda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o’tkazildi
TDSHU da qonunchilikka rioya qilish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha Mirobod tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari va xodimlari ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida qonun buzilish holatlari, giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha talabalarga mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi. Shuningdek, mazkur jinoyatlarning salbiy oqibatlari bo’yicha maruzalar o’tkazilib, maxsus tayyorlangan rolik talablar e’tiboriga havola etildi.
Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.







