TDSHUda rektor Gulchehra Rixsiyeva va talabalar ishtirokida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi
2025-yil 29-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida rektor Gulchehra Rixsiyeva va talabalar ishtirokida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston va jahon” mavzusidagi ushbu dars davomida mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Talabalarga O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikdagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Darsning asosiy maqsadi — talabalar qalbida milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni global jarayonlar, xalqaro hamkorlik hamda raqobatbardoshlik muhitida faol va mas’uliyatli fuqarolar sifatida tayyorlashdan iborat bo‘ldi.





