TDSHUda Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
2025-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi tomonidan “Xorijiy tilni o‘qitishda inklyuziv metodlar va innovatsion tadqiqotlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan innovatsion usullar, inklyuziv yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Konferensiyada ishtirok etgan olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislar xorijiy til ta’limi sifatini oshirish hamda turli ehtiyojlarga ega talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratish masalalarida tajriba almashdilar.





