TDSHUda “Scopus: qidiruv va bibliometrik tahlil» mavzusida seminar-trening
2025-yil 2-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Tilshunoslik markazi hamkorligida “Scopus: qidiruv va bibliometrik tahlil» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi. Mazkur seminar-trening filologiya fanlari doktori, professor Shoira Usmanova va tarix fanlari doktori, dotsent Nodir Karimov tandemida olib borildi.
Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan seminarda universitet doktorantlari, tayanch doktoranlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrant talabalar faol ishtirok etishishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.



