TDSHUda ShHT sammiti bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi
2025-yil 5-sentabr kuni TDSHUda ShHT sammiti bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.Ushbu davra suhbatining asosiy mavzusi — “Yangi O’zbekiston tashabbuslari” bo‘lib, unda mamlakatimizning xalqaro maydondagi faolligi, tashabbuslari va ularning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni keng muhokama qilindi.
Suhbat avvalida O’zbekistonda SHhT Xalq diplomatiyasi markazi va Universitetimiz o’rtasida o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi. Mazkur bitim markazda talabalar amaliyotini tashkil etish, hamkorlikda seminar va davra suhbatlari tashkil etish hamda boshqa ilmiy, o’quv yo’nalishlarni qamrab oladi.
ShHT sammitida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati, ularning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotimizga ta’siri haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, mamlakatimizning mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslari alohida e’tirof etildi.















