TDSHUda shoir Usmon Azim qalamiga mansub “Ogoh bo‘ling odamlar” nomli spektakl namoyishi bo’lib o’tdi
2024-yil 27-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq yulduzi” teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirgan Usmon Azim qalamiga mansub “Ogoh bo‘ling odamlar” nomli spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl namoyishida asar muallifi O‘zbekiston Xalq shoiri, dramaturg Usmon Azim hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova ham ishtirok etdilar.
Muallif “Sharq yulduzi” teatr jamoasining ijrosi va ijodiy faoliyatini yuqori baholab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.