TDSHUda «Sun’iy intellektning inqilobiy imkoniyatlari»ni ta’lim tizimida qo’llash bo’yicha seminar o’tkazildi
2025-yilning 9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida prorektorlar, institut va fakultet dekanlari, oliy maktab va kafedra mudirlari ishtirokida sun’iy intellektga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. Seminarda Ta’lim sifati nazorati bo’limi boshlig’i Maxkamova S.X. tomonidan «Sun’iy intellektning inqilobiy imkoniyatlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida» nomli platformaning taqdimoti o’tkazildi.

