Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Tabarruk ziyorat loyihasini rivojlantirish va Alp Er To‘nga” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

16.10.2025, 19:42 Yangiliklar 212

TDSHUda “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida “Tabarruk ziyorat loyihasini rivojlantirish va Alp Er To‘nga” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida taniqli olimlar, filologlar va tadqiqotchilar ishtirok etib, qadimgi turkiy manbalar, Alp Er To‘nga timsoli, turkiy xalqlarning madaniy merosi, til va adabiyot masalalari, shuningdek, turkiy islom madaniyatining shakllanishidagi tarixiy jarayonlar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.