TDSHUda “Tadbirkorlar va talabalar” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi
#SDG8
2024-yil 12-noyabr kuni TDSHUda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Mirobod tumani rahbari Bahtiyor Vahabov, “Murad Buildings” kompaniyasi HR direktori Muzaffar Alimovlar hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB vakillari ishtirokida “Tadbirkorlar va talabalar” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida talabalarga tadbirkorlik sohasiga yoshlarni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, berilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, mazkur yo’nalishda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ning o’rni to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda talabalarni mamlakatimizning yetakchi kompaniyalariga amaliyotga jalb qilish, ularni o’z sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlariga amaliy yordam berish hamda ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun ko’mak berish kabi masalalar bo’yicha fikr almashildi.
Uchrashuv so’nggida mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashib, istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.