TDSHUda tadqiqotlar sifatini yaxshilash maqsadida yangi tizim ishga tushirildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida olib borilayotgan tadqiqotlar sifatini yanada oshirish maqsadida magistrlik va PhD/ DSc dissertatsiyalarni anti-plagiat tizimida tekshirish joriy qilinmoqda.
Kiritilayotgan yangi tartibga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, tayyorlangan barcha dissertatsiyalar majburiy tarzda universitet tomonidan anti-plagiat tizimida tekshiriladi va keyin kafedra muhokamasiga qo‘yiladi.
Hozirda Antiplag.uz tizimi universitetda test rejimida ishlamoqda.
Ishlarni anti-plagiat tizimida tekshirish uchun
Telegran orqali : @mrNodir_Karimov (+998998828277) bilan bog‘lanishingiz mumkin.