TDSHUda talaba-yoshlarning turizmga qiziqishini oshirish va gidlik faoliyatiga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadidagi “Yosh gidlar maktabi” dasturi asosida darslar boshlandi
So’ngi yillarda mamlatimizda turizmni rivojlantirish, xalqaro va mahalliy turistlarga sifatli xizmat ko’rsatish sohalarini yanada takomillashtirish, yuqori malakaga ega kadrlar tayyorlash, gid xizmatlarini tashkil etish bo’yicha dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan turizm yoʻnalishi mavjud oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yosh gidlar maktabi”ni tashkil etish bo’yicha qaror ishlab chiqildi. Mazkur qaror asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida turizm yo’nalishi hamda gidlik faoliyatiga qiziqqan 100 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirokida “Yosh gidlar maktabi” o’z faoliyatini boshladi.
Mazkur dastur orqali yoshlarning turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishini kengaytirish, gidlik faoliyatiga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish, liderlik va ko‘nikmalarini kuchaytirish, milliy va xalqaro turizm sohasida talabga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash, shuningdek amaliy salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi va kelajakda mamlakatimizning madaniyat va turizm sohasida yangi yutuqlarga erishishiga imkon yaratadi. Talabalar uchun bu nafaqat kasbiy rivojlanish, balki shaxsiy o‘sish uchun ham keng imkoniyatlar eshigini ochadi.







