TDSHUda Talabalar Akademik faoliyati va ijtimoiy faolligi boʻyicha platforma ishga tushirildi!
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan №149, 10.03.2025 “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan.
Mazkur nizomga koʻra 2024/2025-oʻquv yillarida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan Toshkent davlat sharqshunoslik univetsitetida tahsil olayotgan talabalar uchun grantlarni taqdim etish va qayta
taqsimlash, arizalarni qabul qilish maqsadida grant.tsuos.uz platformasi ishlab chiqildi.
Arizalar qabuli platforma orqali 20-iyulga qadar qabul qilinadi.